Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan Jyenevada bölib ötgan ikki kunlik muzokaralar natijalari yetarli emas. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy çorşanba kuni, 18 fevralda videomurojaatida ma’lum qildi.

«Ukraina natijaga qiziqqan. Bugungi holatga köra, natija — yetarli, deb ayta olmaymiz», — dedi Ukraina rahbari.

Uning sözlariga köra, harbiylar örtasidagi aloqalar jiddiy va mazmunli bölgan. Şu bilan birga, ehtimoliy murosalarga taalluqli siyosiy masalalar va ikki mamlakat rahbarlarining zarur uçraşuvi bilan boğliq jihatlar «hali yetarliça işlab çiqilmagan», deb hisoblaydi Zelenskiy. «Keyingi uçraşuvni kutyapmiz, uni yana fevral oyining özida ötkaziş töğri bölar edi», — deya prezident sözlaridan «Interfaks» agentligi iqtibos keltirdi.

Volodimir Zelenskiy, şuningdek, delegatsiya oldiga gumanitar yönalişni muhokama qiliş vazifasini qöyganini bildirdi. «Asirlar almaşinuvi kerak, fuqarolarni ozod qiliş kerak», — dedi u va Ukraina Qurolli kuçlarining sa’y-harakatlari ham gumanitar natijalarni, ham Kiyevning kuçli diplomatik pozitsiyalarini ta’minlaşini qöşimça qildi.

Ukraina davlat rahbari muzokaralarda Yevropa mamlakatlari — Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiya va qabul qiluvçi tomon sifatida Şveytsariya vakillari iştirok etganini muhim, deb atadi. «Ukrainada aynan biz har doim Yevropa jarayonning iştirokçisi bölişi kerak, degan pozitsiyani ilgari surib kelamiz», — dedi Zelenskiy.

Jyenevadagi muzokaralar 17 va 18 fevral kunlari bölib ötdi. RF delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy maslahatlaşuvlarni oğir, ammo işçan deb ta’rifladi. «Bilasiz, muzokaralar ikki kun davom etdi: keça turli formatlarda juda uzoq böldi», — dedi u. Medinskiy keyingi raund yaqin vaqt içida bölib ötişini aytdi, ammo sanani aniqlaştirmadi.

Öz navbatida, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi va Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov ayrim masalalarga oydinlik kiritilganini aytdi, biroq «bu bosqiçda tafsilotlarni oşkor etib bölmaydi», deb qayd etdi. U, şuningdek, Rossiya tomoni bilan muhokamalarni «intensiv va mazmunli» deb atadi.

Muzokaralarning ikkinçi kunida delegatsiyalar uçraşuvi bor-yöği ikki soat davom etgan. Ukrainadagi uruş böyiça 17 fevraldagi tinçlik muzokaralarining siyosiy qismi «töxtab qolgan», deb xabar qildi Axios portali jurnalisti Barak Ravid ikki manbaga tayanib.

AQŞ vositaçiligida Abu-Dabida ötgan muzokaralarning avvalgi ikki raundi ham katta buriliş olib kelmagan.