Jahon | 08:37 / 06.03.2019
13636
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Foto: Getty Images

AQSh Ukrainaga avval yetkazib berilgan tanklarga qarshi raketa kompleksidan tashqari, yangi qurollar taqdim etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Qayd etishicha, bu haqda NATO birlashgan qurolli kuchlarining Yevropadagi bosh qo‘mondoni general Kertis Skaparotti aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala «siyosiy muhokamalardan» o‘tishi kerak.

Skaparottining ta'kidlashicha, Kerch bo‘g‘ozida ro‘y bergan hodisalarga Ukraina tegishlicha munosabat bildirishida ko‘mak taqdim etish uchun qurol-yarog‘lar, shu jumladan, harbiy-dengiz tizimlari yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya va Belarus Ukrainadan kelib chiqqani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid