Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinning fikriça, Rossiya va Belarus hozirgi kunda Ukraina merosxöri bölgan Kiyev rusidan ajralib çiqqaç, paydo bölgan. Bu haqda u Urugvayning Observador gazetasi uçun maqolada yozdi.
Vazirning ta'kidlaşiça, Ukraina özining butun tarixi mobaynida Yevropa va Yevropa qadriyatlari şakllanişida «muhim rol» öynagan. Xususan, u Yevropani tatar-möğullar hujumidan himoya qilişda Ukrainaning rolini qayd etib ötdi. Şuningdek, Klimkinning bildirişiça, Ukraina aholisi doimo «kommunistik totalitarizmga» qarşi çiqqan va demokratiya uçun kuraşgan.
Vazirning fikriça, Ukraina taraqqiyotining Yevropa yöli 988 yilda xristianlik qabul qilinişi bilan belgilab qöyilgan.
«Kiyevdagi çöqintirişdan söng, xristianlik Kiyev rusidan şimol va şarqda joylaşgan şarqiy slavyan qabilalarga tarqalişni boşladi. U yerda, bir neça asr ötgaç, zamonaviy Belarus hamda Rossiya paydo böldi», - deb yozgan Klimkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Putin SSSR tiklanişini xohlaşi haqida aytib ötgandi.

















