O‘zbekiston | 19:10 / 06.03.2019
68964
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Otabek Murodov ketganini tasdiqlamadi

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tizimida ikkita jiddiy o‘zgarish bo‘lgani haqidagi xabarlar hozircha tasdiqlanmayapti.

Bosh prokuratura matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov lavozimni tark etgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

«Bosh prokuraturada Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Turli uydirmalarga hech qanday asos yo‘q», deyilgan «Xalq so‘zi onlayn» xabarida.

Ijtimoiy tarmoqda Murodov o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

IIV matbuot xizmati ham O‘zAga Po‘lat Bobojonov ayni vaqtda o‘z lavozimida faoliyatini davom ettirayotgani, bugun u vazirlik tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga tabrik yo‘llaganini ma'lum qilgan.

Lekin ayni vaqtda ikki muassasa ham bu borada rasmiy axborot bermadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid