Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qotilliklarda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi sud qilinadi
Moskvada 5 mart kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Baxtiyor Matyoqubovga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha tergov yakunlandi, u beshta qotillikni sodir etishda ayblanmoqda. Jinoiy ish tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan sudga jo‘natildi, deya xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2005 yilning yanvaridan aprel oyigacha bo‘lgan vaqtda ayblanuvchi Moskvada va Moskva oblastidagi odamlar kam bo‘lgan joylarda ayollarga hujum qilgan. U ham kunduzi, ham kechqurun qotilliklar sodir etgan.
Baxtiyor Matyoqubov uyali telefonning tafsilotlari o‘rganib chiqilgach, shuningdek, harakatlanishi bosqichma-bosqich tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan bog‘langanidan keyin fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvchi qayerda yashashini aniqlashdi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bo‘lgan kiyim-kechak topilgan.
Baxtiyor Matyoqubov xalqaro qidiruvga berildi va qotillik sodir etgani uchun chet elda hibsga olindi. 2017 yilning dekabrida u Moskvaga ekstraditsiya qilindi. Dastlabki tergov davomida Matyoqubov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni to‘liq tan oldi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026