O‘zbekiston | 17:42 / 07.03.2019
9723
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yirik dengiz portlarida vakolatxonalar ochadi

Foto: uprom.info

O‘zbekiston yirik dengiz portlarida vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qora dengiz, Kaspiy dengizi va O‘rta Yer dengizi, Fors ko‘rfazi havzalaridagi yirik dengiz portlari, shuningdek, transqit'aviy dengiz uzellarida joylashgan portlarda vakolatxonalar, front-ofislar va stividor kompaniyalar tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Bu boradagi ishlarni amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 iyun. Mas'ullar - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, Savdo-sanoat palatasi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid