“Dunyo” AA xabar berişiça, Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotlariga köra, amaliy taşrif davomida ikki mamlakat örtasida qator muhim uçraşuvlar ötkazildi.

Taşrifning birinçi kuni Pokiston boş vazirining sanoat masalalari böyiça maxsus yordamçisi Harun Axtar Xon bilan tor doirada uçraşuv bölib ötdi. Şuningdek, Pokiston Sanoat va işlab çiqariş vazirligi binosida qariyb 10 ta tegişli vazirlik va idoralar vakillari iştirokida kengaytirilgan yiğiliş taşkil etildi.

Taşrif davomida çarm sanoati böyiça tarmoq uyuşmalari rahbarlari, şuningdek farmatsevtika va sanoat sohasidagi yetakçi kompaniyalar rahbariyati bilan ham muzokaralar olib borildi.

Şuningdek, Pokiston Milliy logistika kompaniyasi (NLC) boş direktori Şoğayb Ahmad Xon bilan uçraşuvda xalqaro yuk taşuvlarini rivojlantiriş, şuningdek Xunjyerob dovoni orqali Pokiston – Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston transport yönalişi böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Taşrifning ikkinçi kuni Özbekiston delegatsiyasi Karaçi portiga taşrif buyurib, port infratuzilmasidan tranzit yönalişlarini kengaytiriş, şuningdek Özbekiston mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqarişda foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Uçraşuvlar yakunida tomonlar maslahatlaşuvlarni davom ettiriş va qöşma taşabbuslarni amaliy jihatdan çuqur işlab çiqişga kelişib olgan.