Islomoboddagi manbalarga köra, Pokistonning Daily Ausaf, Sub News English, The Diplomatic Insight, News Network Pakistan va Daily Sub News kabi elektron naşrlarida «Özbekiston taşqi savdosida Pokiston portlarining strategik ahamiyati» sarlavhali materiallar çop etildi.

Materiallarda jahon geosiyosatidagi beqarorlik va transport-logistika zanjirlaridagi uzilişlar davlatlar örtasidagi savdo aloqalariga ta’sir körsatayotgani, şu bois taşqi savdo yölaklarini barqaror va turli xavflarga çidamli tarzda şakllantiriş muhimligi ta’kidlangan.

Qayd etilişiça, Özbekiston geografik jihatdan dengizga çiqiş uçun kamida ikki davlat hududidan ötişni talab qiladigan mamlakatlardan hisoblanadi. Şu bilan birga, Yevrosiyo markazida joylaşgani sabab transport tranziti va yuk oqimlarini yönaltirişda strategik imkoniyatlarga ega ekani qayd etilgan.

Şu kontekstda ««Özbekiston – Afğoniston – Pokiston» temiryöl loyihasi» hamda unga boğliq ««Belarus – Rossiya – Qozoğiston – Özbekiston – Afğoniston – Pokiston» multimodal yölagi» kabi taşabbuslar mintaqaviy savdo aloqalarini kengaytirişga xizmat qilişi ta’kidlangan.

Manbalarga köra, 2025 yil yakunlarida mazkur koridor orqali taşilgan yuklar hajmi 400 ming tonnadan oşgan va ötgan yilga nisbatan 11 foizga köpaygan. Şuningdek, import yuklari hajmi 22 foizga ösib, 243 ming tonnaga yetgani keltirilgan.

Pokiston OAV ma’lumotlarida Özbekiston Karaçi porti, Qosim porti va Gvadar porti orqali jahonning yuzlab portlari bilan töğridan töğri dengiz aloqalarini yölga qöygani ta’kidlanib, bu eksport yuklarini Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq, Afrika va Osiyo–Tinç okeani bozorlariga tezkor va raqobatbardoş şaroitda yetkaziş imkonini oşirişi aytilgan.