O‘zbekiston | 15:30 / 07.03.2019
20507
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumamuratovich Babajanov ishdan olindi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Davronbek Babajanov ishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab 5 mart kuni lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimida ishlagan Kallibek Joldasbayevich Xalmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Mavzuga oid