Rossiya bozorida Ravon avtomobillari 9 oydan beri yo‘q
Yevropa biznesi uyushmasining ma'lumotlariga ko‘ra, Ravon Rossiyada to‘qqiz oydan beri avtomobillar sotmayapti.
2019 yilning fevralida kompaniya bitta ham avtomobil sotmagan, sababi ular hali ham savdoda yo‘q. Kompaniyaning bozordagi ulushi 0 foizga tushib ketdi. 2018 yil fevralida esa bu ko‘rsatkich 1,1 foizni tashkil etgandi.
Bunday pasayish shu bilan izohlanadiki, Ravon Rossiyada avtomobillarni so‘nggi bor 2018 yilning may oyida sotgan. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi. Taqqoslash uchun: 2018 yilning fevral oyida Ravon 1,5 mingga yaqin avtomobil sotdi.
O‘zbekiston 2018 yil o‘rtalarida avtomobil eksportini to‘xtatdi. Yil oxiriga kelib, «O‘zavtosanoat» xorijiy bozorlar kon'yunkturasini o‘rganish maqsadida avtomobillar partiyasi jo‘natilganini xabar berdi, ammo ular hali sotuvga chiqarilmagan.
Bundan oldin, Ravon’ning Rossiya bozoridagi ulushi 0 foizga tushib ketgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024