Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lezviye bilan futbolchilarga jarohat yetkazgan o‘yinchi futboldan chetlashtirildi
Turkiyaning “Amadspor” klubi futbolchisi Mansur Chalar “Sakaryaspor” o‘yinchilariga jarohat yetkazgani uchun umrbod futboldan chetlashtirildi.
Sportchi Turkiya futbol federatsiyasi shiori ostida o‘tuvchi musobaqalardan chetlatilgan. Shuningdek, u 25 ming turk lirasi (4,6 ming dollar) jarima to‘laydi. Uning klubiga jarima sifatida bir o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazish belgilangan.
Chalar Turkiya chempionatining uchinchi divizioni uchrashuvida maydonga lezviye bilan tushgan. Uchrashuv vaqtida u lezviyeni barmoqlari orasiga yashirgan holda raqib jamoa futbolchilariga sezdirmasdan jarohat yetkazgan. Uchrashuvdan keyin “Sakaryaspor” politsiyaga murojaat qilgan. Chalarning o‘zi esa maydonga lezviye bilan chiqqanini rad etgan.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026