Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya S-400 qachon joylashtirilishini ma'lum qildi
Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qilishicha, Rossiyaning S-400 zenit raketa komplekslarini joylashtirish jarayoni shu yilning oktabr oyida boshlanadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya komplekslarini qayerda joylashtirish yaxshiroq ekani borasida o‘rganish ishlarini olib boryapti.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, S-400 Turkiya «aholisining himoyasini ta'minlash» uchun zarurdir.
Akarning qayd etishicha, Turkiya tomonidan Rossiya zenit raketa komplekslarining xarid qilinishi «majburiy chora» bo‘lgan.
Bundan oldin, Rossiya va Turkiya Qora dengizda mashqlar o‘tkazgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:16 / 25.05.2026