Jamiyat | 16:13 / 09.03.2019
13052
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Namanganga millionta kitob sovg‘a qilindi

Foto: Nampravda

Bugun, 9 mart kuni Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Nampravda xabariga ko‘ra, Namangandagi Adiblar xiyobonida «Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz» nomli yirik tadbirga start berildi. Tantanali marosimda davlat va jamoat arboblari, viloyat rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, viloyatning iqtidorli hamda faol yoshlari ishtirok etdi.

Foto: Nampravda

«Bu yil bizga 1 millionta kitob sovg‘a qilinadi. Bepul. Viloyatdagi sport maktablariga jihozlar, musiqa va san'at maktablariga yangi musiqa asboblari taqdim etiladi», - dedi Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov viloyat hokimi o‘rinbosariga Namangan 1 millionta kitobni sovg‘a sifatida qabul qilib olishi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.

25 ming nusxadagi badiiy adabiyotlarning birinchi partiyasi allaqachon Namanganga yetib kelgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va yoshlar ittifoqi ularni maktab kutubxonalariga topshiradilar.

Mavzuga oid