Jahon | 15:07 / 09.03.2019
10278
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq AQSh fuqarolari uchun vizalar joriy etadi

Foto: Depositphotos

Yevropa ittifoqi 2021 yilda AQSh fuqarolari uchun vizalar joriy etadi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda 8 mart, juma kuni e'lon qilingan.

Materialda aytilishicha, endi AQShdan bo‘lgan sayyohlar uchun Shengen hududiga kirishni tartibga soluvchi Yevropaga kirishning avtorizatsiya tizimi (ETIAS) amal qiladi. Viza uch yil mobaynida amalda bo‘ladi, bunda safarlar soni bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda amerikalik fuqarolar Yevropaga 90 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz kelishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen tizimini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati mavjudligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid