Jahon | 08:07 / 12.03.2019
5123
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha Boeing 737 MAX samolyotlarida yangi dasturiy ta'minot o‘rnatiladi

Foto: Flickr

Yaqin haftalarda Boeing 737 MAX modelidagi barcha samolyotlarda yangi dasturiy ta'minot o‘rnatiladi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan. 

Ushbu bayonot Efiopiyada Boeing 737 MAX samolyoti halokati bilan bog‘liq holda berilgan.

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, bu dasturiy ta'minotga apreldan kech bo‘lmagan vaqtda ushbu turdagi samolyotlarning uchishga yaroqligi direktivasi bilan fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) ruxsati beriladi.

Dasturiy ta'minot yangilanishi 2018 yil oktyabrda Indoneziyada shu turdagi samolyot halokatidan keyin boshlangan. U parvozni boshqarish tizimini (MCAS) takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Boeing’ning tan olishicha, aynan MCAS’ning noto‘g‘ri ishlashi Indoneziya aviakompaniyasi samolyotining sho‘ng‘ishi va qulashiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

10 mart ertalab Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan barcha 157 kishi halok bo‘lgan. Bu halokat oxirgi 5 oy ichida shunday turdagi samolyot bilan yuz bergan ikkinchi halokat bo‘ldi: 2018 yil 29 oktyabrda Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti parvoz boshlangandan 13 daqiqa o‘tib halokatga uchragandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid