Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Volkswagen’ni yirik firibgarlikda aybladi
AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi Volkswagen’ni «katta firibgarlik»da aybladi. Bu haqda CNBC xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, avtomobil konserni o‘zining amerikalik sarmoyadorlarini «dizel mojarosi» bilan bog‘liq ravishda bir necha marta aldagan. 2014-2015 yillarda Volkswagen 13 milliard dollardan ziyod miqdordagi qog‘ozlarni chiqardi, shu bilan birga, kompaniya rahbariyati AQShda 500 mingdan ortiq avtomobilning havoga chiqarib tashlanuvchi gazlar bo‘yicha ko‘rsatkichi normadan sezilarli darajada oshganini bilgan.
Aniqlik kiritilishicha, komissiya Volkswagen va uning sobiq bosh direktori Martin Vinterkornga nisbatan sud jarayonini davom ettirish uchun da'vo arizasi bilan chiqqan.
Konsern bu ayblovlarni «qonuniy jihatdan xato», deb atadi.
Bundan oldin, YeK Germaniya avtokonsernlarini 1 mlrd yevrolik jarimaga tortmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026