Fan-texnika | 16:53 / 15.03.2019
25871
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask yangi Tesla’ni ko‘rsatdi

Foto: AP

Tesla kompaniyasi Model Y yangi yetti o‘rinli sport yo‘ltanlamasni taqdim etdi, bu haqdagi tegishli ma'lumot elektrkarlar ishlab chiqaruvchisi saytida joylashtirilgan.

Avtomobil taqdimoti Xotorndagi (Kaliforniya shtati) kompaniya dizaynerlik markazida bo‘lib o‘tdi, unda Tesla ijrochi direktori Ilon Mask chiqish qildi. U yangi modelning xususiyatlari haqida gapirdi, deya xabar beradi The New York Times.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Model Y SUV (Sport Utility Vehicle — sport-utilitar avtomobil, Shimoliy Amerikada mashhur bo‘lgan o‘ziga xos tur) funksiyasiga ega, biroq shu bilan birga, u «xuddi sport mashinasi kabi harakatlanadi». Maskning ma'lum qilishicha, bu ushbu formatdagi eng ishonchli mashina.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg via Getty Images

Model Y kelgusi yil sotuvga chiqariladi va modeliga qarab 39-60 ming dollar turadi. Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, avtomobillarning turli versiyalari Shimoliy Amerika, Yevropa va Xitoyda ishlab chiqariladi. 60 ming dollarlik modelning maksimal tezligi soatiga 240 kilometrni tashkil etadi. Model Y quvvatlantirilmasdan turib bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan maksimal masofa - 482 kilometr.

Foto: Tesla
Foto: Tesla
Foto: Tesla
Foto: Tesla
Foto: Tesla

 

Mavzuga oid