Iqtisodiyot | 20:58 / 15.03.2019
25424
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vaziriga yana bir yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining Hududlar moliyasi masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi.

Prezident qarori bilan ushbu lavozimni Yorqin Ergashevich Tursunov egallagan.

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari – budjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri, 2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

U 2006-2012 va 2016-2018 yillarda ham Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, 2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati boshlig‘i sifatida ishlagan.

Hozirgi kunga qadar Yorqin Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq Odilbek Rustamovich Isoqov   Moliya vazirining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid