Özbekiston Respublikasi Prezidentining 7 martdagi PQ-4232 sonli qaroriga asosan, Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boşqarmasi boşliği - moliya vaziri maslahatçisi Odilbek Rustamoviç Isoqov - Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş masalalari böyiça moliya vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning “Xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaşga oid çora-tadbirlarni tizimlaştiriş töğrisida”gi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça mas'ul bölgan Özbekiston Respublikasi moliya vaziri örinbosari lavozimi kiritildi.

Moliya vaziri örinbosari:

xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaş borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlaştirilgan özaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajariş uçun uslubiy va konsultativ yordam körsatişni ta'minlaydi;

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yiğilişlarida, şu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlar ahvolini tanqidiy körib çiqiş böyiça takliflar beradi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boşqaruv xodimlarining soni qöşimça 10 ta ştat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş boşqarmasi taşkil etiladi.

Ma'lumot uçun: Moliya vazirligining 2018 yil 15 sentyabrdagi buyruğiga asosan Odilbek Isoqov moliya vazirining maslahatçisi, Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi. 

Odilbek Isoqov 1981 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, 1998-2000 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan. Odilbek Isoqov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan işlaş böyiça investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. 2016 yil mart oyidan HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uçun jahon moliya bozorlarida qimmatli qoğozlar çiqarişni taşkil etiş boşqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida işlab kelgan.

Prezident farmoni: Moliya vazirligida yangi lavozim va boşqarma taşkil etiladi