Tramp Yevropaga savdo urushi bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi savdo urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga rozi bo‘lmasa, Vashington Yevropada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga yangi import bojlarini kiritishi mumkinligini aytdi.
“Agar Yevropa Ittifoqi biz bilan gaplashmasa, ularning mahsulotlariga yangi boj kiritamiz”, deb aytgan Tramp. Uning aytishicha, Xitoy bilan dekabrdan beri olib borilayotgan shunday muzokaralar yaxshi bormoqda, biroq yakuniy kelishuv haqida gapirishga hali erta.
14 mart kuni Yevroparlament AQSh bilan muzokaralar olib borish bo‘yicha bir qarorga kela olmagan. Dastlab deputatlar biror-bir muzokaralar olib borishga qarshi rezolyutsiyani qabul qilishgan, biroq keyin uni bekor qilishgan.
Bryusselning bundan avval tayyorlangan va o‘ng sentristik partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan pozitsiyasi bir necha bandlarni, jumladan avtomobillarga bojlarni bekor qilinishini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, u Vashington tomonidan bojlar yana oshirilsa, muzokaralardan chiqishni ko‘zda tutgan.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024