Xalqaro hamjamiyat Suriyaga 7 milliard dollar yig‘ib berdi
Ikki kun davomida Bryusseldagi Suriya bo‘yicha uchinchi xalqaro donorlik konferensiyasida 85tadan ortiq mamlakat va tashkilot vakillari Yaqin Sharqdagi mamlakatga 7 milliard dollar miqdorida insonparvarlik yordami yig‘ib berishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, konferensiya ishtirokchilari BMT shafeligida Suriya siyosiy jarayonini qo‘llab-quvvatlash zaruriyati haqidagi fikrga kelishgan. Shuningdek, tomonlar Suriyada terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha jadalroq harakatlarga chaqirishdi.
Konferensiya BMT va Yevropa ittifoqi talabiga binoan Suriya hukumati ishtirokisiz uchinchi marta o‘tkazildi.
Bundan oldin, The Washington Post AQSh Asad bilan munosabatlarni yaxshilashga urinayotgan arab davlatlariga sanksiyalar bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:40 / 04.10.2024
BMT Xavfsizlik kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
18:22 / 02.10.2024
BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi
10:30 / 02.10.2024
BMT: Rossiya ukrainalik asirlarni shafqatsiz qiynoqlarga duchor qilmoqda
11:30 / 01.10.2024