AQSh prezidenti ma'muriyati arab davlatlarigi Suriya prezidenti Bashar Asad bilan munosabatlarni tiklashga xalaqit berishga urinmoqda, deya xabar qildi The Washington Post.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari urinishlari tufayli arab davlatlarining ushbu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlari to‘xtab qoldi.
AQSh o‘z ittifoqchilarini Suriyani tiklashda ishtirok etishga bo‘lgan istalgan urinish Asadni siyosiy islohotlarni amalga oshirishga majburlash uchun qaratilgan sanksiyalarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirgan, deya aytib o‘tgan amerikalik amaldorlar.
Manbalarning ta'kidlashicha, AQSh Suriyaning yakkalanib qolishi davom etishini, mamlakatdan Eron qo‘mondonligi nazorat qilayotgan barcha kuchlar chiqib ketishiga erishmoqchi. Rossiya hukumati, o‘z navbatida, manbalar so‘ziga ko‘ra, arab davlatlarini Suriya bilan munosabatlarni tiklash va Eron ta'sirini kamaytirish uchun Asadga qo‘shilishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asad Erdo‘g‘anni «Amerikaning malayi» deb atagandi.









