Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi
Foto: Yahya Arhab / EPA
2019 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 26,3%ga qisqartirdi - 151,6 ming tonnagacha. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
2019 yil yanvar-fevral oylarida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 169,8 ming tonnani tashkil qildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko‘p.
Shu bilan birga, 2019 yil yanvar-fevralida O‘zbekiston neft qazib olishni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 5,3 foizga kamaytirdi - 115,5 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-fevral oylarida tabiiy gaz qazib olish hajmi 10,05 milliard kub metrga teng bo‘ldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga ko‘p.
2019 yil yanvar-fevralida O‘zbekiston 344,8 ming tonnadan ortiq gaz kondensati ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 2,5 foizga kam.
Bundan oldin, O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish 51 foizga oshgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:42
Yangi obektlar qurilishining qariyb yarmi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keldi
12:50
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
16:20 / 28.01.2026
Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi
14:27 / 28.01.2026