Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya G‘arbga yana raketalar bilan tahdid qildi
Agarda AQSh Yevropada raketa joylashtiradigan bo‘lsa, Rossiya ham o‘zining Yevropa qismida yangi raketalarini joylashtiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko «Mejdunarodnaya jizn» jurnaliga intervyusida aytdi.
Grushkoning so‘zlariga ko‘ra, shu tarzda Bryussel AQShning raketalar salohiyatini to‘xtatib turishdan manfaatdor bo‘ladi va «ana shunday rejalar paydo bo‘lsa, ularga qarshi chiqishi» kerak bo‘ladi.
O‘z navbatida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya hukumatining tajovuzkorona bayonotlariga qaramasdan, alyans Yevropa mamlakatlarida yangi raketalarni joylashtirishni mo‘ljallamayotganini ma'lum qildi.
Avvalroq AQSh O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimda taqiqlangan raketalarni ishlab chiqishni boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026