Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldusiz o‘ynagan «Yuventus» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
Italiya A Seriyasining 28-turida sensatsion natija qayd etildi. Eng yaqin ta'qibchisidan 18 ochkoga ilgarilab ketgan «Yuventus» Genuyada «Jyenoa» mehmoni bo‘ldi va imkoniyatni boy berdi - 0:2.
Gollarga tajribali Goran Pandev hamda aslida «Yuventus» futbolchisi hisoblanadigan, joriy mavsumda «Jyenoa»da ijara asosida o‘ynayotgan Stefano Sturaro mualliflik qildi.
Bu «Yuventus»ning Italiya A Seriyasining joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bungacha turinliklar oxirgi marta o‘tgan yilning aprelida yutqazishgandi – o‘shanda «Yuve»ni «Napoli» mag‘lub etgandi (0:1).
Qayd etish kerakki, «byankoneri» safida bu o‘yinda bosh murabbiy tomonidan dam berilgan Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi.
Bu mag‘lubiyatga qaramasdan «Yuventus» Italiya turnir jadvalidagi yaqqol yetakchiligini saqlab qolgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Napoli» agar bu turda «Udineze»ni mag‘lub etolsa, oradagi farqni 15taga qisqartirishi mumkin.
Italiya chempionati
28-tur
Jyenoa – Yuventus 2:0
Gollar: Sturaro (72), Pandev (81).
Jyenoa: Radu, Zukanovich, Romero, Krishito, Pedru Pereyra, Lerager, Rolon, Radovanovich (Velozu, 75), Lazovich (Sturaro, 70), Sanabriya (Pandev, 60), Kuame.
Yuventus: Perin, Aleks Sandro, Bonuchchi, Rugani, Joau Kanselu (Bernardeski, 60), Pyanich, Bentankur (Spinatssola, 77), Jan, Kaseres, Manjukich (Kin, 73), Dibala.
Ogohlantirishlar: Romero (3), Aleks Sandro (5), Kaseres (23), Pandev (82), Jan (85).
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025