Sport | 21:06 / 18.03.2019
4636
1 daqiqa o‘qiladi

Ayollar futbolida yangi rekord: Ispaniyadagi o‘yin 60 ming tomoshabinni to‘pladi

Foto: Twitter

Ayollar jamoalari o‘rtasida Ispaniya chempionatining “Atletiko” (Madrid) – “Barselona” uchrashuvida maydonga tashrif buyurish rekordi o‘rnatildi. Uchrashuv Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida o‘tib, 0:2 hisobida mehmon jamoa foydasiga yakunlangan. O‘yinga 60739 kishi tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich ayollar klublari futboli uchun rekord natija bo‘ldi. 

“Barselona” ushbu g‘alabadan keyin musobaqa peshqadami “Atletiko”dan ochkolar farqini 3 ochkogacha qisqartirdi. Chempionat tugashiga yana 6 ta o‘yin qolgan.

Umuman olganda ayollar futboli uchun tashrif buyurish rekordi 1999 yilgi jahon chempionati finalida o‘rnatilgan. O‘shanda Los-Anjyelesda AQSh va Xitoy terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvi 90185 tomoshabinni to‘plagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid