Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi teraktlar ijrochisi advokat xizmatlaridan bosh tortdi
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi 2 ta masjidda otishma sodir etgan 28 yoshli Brenton Tarrant advokat xizmatlaridan bosh tortdi va sudda o‘z qarashlarini ilgari surish uchun o‘zini o‘zi bildirmoqchi. Terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan.
Tarrantni 16 martdagi sudda bildirgan navbatchi advokat Richard Piters boshqa uning nomidan harakat qilmasligini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, Tarrant 16 martda uning xizmatlariga boshqa muhtoj emasligini aytgan.
New Zealand Herald nashrining ma'lum qilishicha, terrorchi shu tariqa sud jarayonini masjidga hujum oldidan mamlakat siyosatchilariga jo‘natgan manifestida bayon qilgan o‘z qarashlarini ilgari surish uchun maydonga aylantirmoqchi.
“Menga Tarrantda uning o‘ta keskin qarashlaridan tashqari, biror ruhiy muammolar bordek tuyulmadi”, deb aytgan advokat. Terakt bo‘yicha keyingi jarayon 5 aprelda bo‘lib o‘tadi.
18 mart kuni politsiya boshlig‘i Mayk Bush masjidlardagi otishmalar uchun faqat birgina odam javobgarligi haqidagi taxminni tasdiqlagan.
“Shuni aniq aytmoqchimanki, fikrimizcha, bir bosqinchi bo‘lgan. Bu unga ko‘mak bergan boshqa odamlar bo‘lmaganini anglatmaydi va shu sababli bu tergovning muhim qismi bo‘lib qoladi”, deb aytgan politsiya boshlig‘i.
Bushning aytishicha, bu tergov Yangi Zelandiya politsiyasi olib borgan eng yirik tergov bo‘lib, unga 250 nafar izquvar va mutaxassis jalb qilingan. Mamlakatda yuqori xavflilik darajasi saqlanib qolmoqda.
Hujumlarni tashkillashtirish gumoni bilan dastlab 3 kishi qo‘lga olingan, ulardan faqatgina Tarrantga ayblov bildirilgan.
Terrorchi hujumdan oldin 73 sahifalik manifestni e'lon qilib, unda uchta masjidga hujum qilmoqchiligini, buning sababini va uni bunga ilhomlantirgan manbalar haqida bayon qilgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026