Jamiyat | 13:07 / 19.03.2019
10925
5 daqiqa o‘qiladi

Bemor bolajonlar bugun yordamingizga muhtoj

Inson hayotida ba'zan yaxshi, ba'zan yomon kunlar bo‘ladi. Yaxshi kunlarga ham yomon kunlarga ham shukr qilganlar Alloh taolodan savob oladi. Boshiga taqdir sinovlari tushganlar uchun ko‘mak berish ham odamiylik namunasidir.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Birinchi bemorimiz Abdug‘aniyev Abdug‘affor. U Namangan viloyati Namangan tumanidan kelgan. Abdug‘affor hozirda 17 yoshda. Uning kasalligi uzoq davom etgan va anchadan buyon davolanish sababli oila qiyin ahvolga tushib qolgan. Onasi Valiyeva Nodiraning ta'kidlashicha, dorixonalardan qarzlari ko‘payib ketgan. Hozir Abdug‘affor yaxshilar yordamiga muhtoj.

Telefon: +99899 511 39 35

AGROBANK Click/PayMe: 8600 0424 9450 1439

MFO: 00253

INN: 200082581

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 3000 0022 5001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 80001 000002 25001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 800000 225001

Keyingi bemorimiz, jajjigina qizaloq – 2 yoshli Shahnoza Muradbayeva. Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida istiqomat qiladi. Oqqon tashxisi qo‘yilgandan keyin onasi Albina Mirzaboyeva bilan Toshkentga davolanishga keladi. Onasining ta'kidlashicha, u hozirda yolg‘iz o‘zi qiynalib qolgan. Shahnoza saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtoj.

Telefon: +99890 595 77 15

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 9664 5423

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Navbatdagi bemorimiz 17 yoshli Abdujalil Bahromov. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan kelgan. 4 yil oldin davolanib ketgan Abdujalilning kasalligi qaytalanib qolgan. Hozirda 4-kurs muolajalarini olyapti. Dori-darmonlar qimmatligi sababli oila moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qolgan. Onasi Karomat Isoqova har doim yaxshilar uchun  duoda.

Telefon: +99890 303 39 09

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 7443 0376

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Yana bir bemorimiz Bozorboyeva Nigora. U Namangan viloyati Namangan shahridan kelgan. Nigora hozir 12 yoshda. Oqqon tashxisi qo‘yilgandan so‘ng onasi Jo‘rayeva Nodira bilan Toshkentga keladi. Onasining ta'kidlashicha, yig‘ib-terib kelgan pullari tugab bo‘lgan. Dorixonalardan ancha-muncha qarz ham bo‘lib qolishgan. Hozirda Nigora yaxshilar yordamiga muhtoj.

Telefon: +99890 980 70 35

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 4354 6666

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan kelgan 6 yoshli G‘aniyev Ma'rufjon. Keyingi muolajalarni boshlash uchun Ma'rufjonga mablag‘ zarur. Onasi Jo‘rayeva Zamiraning ta'kidlashicha, hozirda sotishga hech narsalari qolmagan. Oilaviy sharoitlari juda og‘ir. Ma'rufjon saxovatli insonlar yordamiga muhtoj. Uning oilasi yaxshilar uchun doim duoda.

Telefon: +99890 788 55 41

Otasi Mahkamov Muhammadolim nomiga ochilgan plastik:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 3092 5618

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar! Sizga havola etayotgan xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz. Zero, yaxshilik inson umrini yoritadi. Uning darajasini ko‘taradi. Bu insonlar hozir sizning ham moddiy, ham ma'naviy yordamlaringizga muhtoj. Qilgan ehsonlaringiz o‘z dargohida qabul bo‘lib, ajr-savoblaringizni o‘zi ko‘paytirib bersin.

Muxbir Rahmatillo Isroilov,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzuga oid