Inson hayotida ba'zan yaxşi, ba'zan yomon kunlar böladi. Yaxşi kunlarga ham yomon kunlarga ham şukr qilganlar Alloh taolodan savob oladi. Boşiga taqdir sinovlari tuşganlar uçun kömak beriş ham odamiylik namunasidir.
Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toşkent şahrida joylaşgan Gematologiya va qon quyiş ilmiy-tekşiriş institutidagi kömakka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga çalingan bemorlarning şifokori va yaqin qarindoşlari bilan boğlandik. Ularning holidan xabar oliş va şaroitini örganiş maqsadida kasalxonaga taşrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlaşdik.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Birinçi bemorimiz Abduğaniyev Abduğaffor. U Namangan viloyati Namangan tumanidan kelgan. Abduğaffor hozirda 17 yoşda. Uning kasalligi uzoq davom etgan va ançadan buyon davolaniş sababli oila qiyin ahvolga tuşib qolgan. Onasi Valiyeva Nodiraning ta'kidlaşiça, dorixonalardan qarzlari köpayib ketgan. Hozir Abduğaffor yaxşilar yordamiga muhtoj.

Telefon: +99899 511 39 35
AGROBANK Click/PayMe: 8600 0424 9450 1439
MFO: 00253
INN: 200082581
Naqd pul topşirganda: 2311 6000 3000 0022 5001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazganda: 2311 80001 000002 25001















