Jahongir Ortiqxo‘jayev ba'zi tumanlar rahbarlarini tanqid qildi
2019 yil 18 mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev raisligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi hamda ularga mutasaddi rahbarlarning munosabati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar va tuman hokimliklari, mahalliy davlat boshqaruv organlariga tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, hal etilishi hamda o‘z vaqtida asosli javob berishiga jiddiy e'tibor qaratildi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Muhokama jarayonida Yakkasaroy tumanida 29 ta, Olmazor tumanida 16 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 14 ta, Shayxontohur tumanida 13 ta va Sergeli tumanida 11 ta murojaat belgilangan muddatda ijro etilmaganligi tanqid qilindi.
Toshkent shahar hokimi ushbu tuman hokimliklarini ogohlantirgan. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar bergan.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024