Sport | 00:36 / 21.03.2019
3913
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilgi Tokio Olimpiadasi mash'alasi taqdim qilindi 

Yaponiya poytaxti Tokioda 2020 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari mash'alasi taqdim qilindi. Mash'ala “oltin sakura” rangida alyuminiydan ishlangan va 1,2 kg keladi. 

Mash'alaning dizayni, agar yuqoridan qaralsa, Yaponiyaning ramzlaridan bo‘lgan sakura gulidan ilhomlanib bajarilgan. Har bir gul yaprog‘idan alohida alanga chiqib, so‘ngra birlashadi. Mash'alaning Yaponiya bo‘ylab olib yurilishi 2020 yil martida sakura gullashi mavsumida boshlanadi. 

Mash'alani yaratishda qo‘llangan materialning bir qismi 2011 yildagi zilzila va sunamida ziyon ko‘rgan mamlakat shimoli-sharqida barpo etilgan vaqtinchalik uy-joy qurilishida qo‘llangan qayta ishlangan alyuminiydan olingan. Yaponlar shu tariqa tabiiy ofatdan aziyat chekkan barchaning xotirasini yod etmoqchi va hududning tiklanishi jarayonini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lishgan.   

Olimpiya mash'alasi 2020 yil 11 martida – o‘sha fojia yuz bergan kunda yoqiladi. Shundan keyin u Yaponiyaga keltiriladi va 26 martda Fukusima prefekturasida uning estafetasi boshlanadi.  

Olimpiya o‘yinlari Tokioda 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid