Jahon | 10:26 / 21.03.2019
18671
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovning xoldingi yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Foto: REUTERS

Alisher Usmonovning Mail.ru Group shirkati Rossiyada ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rtinchi operator YouDrive’da ulush sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda, deya xabar beradi The Bell.

Kelishuv tomonlaridan biriga yaqin bo‘lgan manba YouDrive bilan muzokaralar haqiqatdan bo‘lib o‘tayotganini tasdiqladi. Mail.Ru amaldagi karshering operatorini sotib olishdan manfaatdor, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Mail.ru kelishuvda minoritar sherik sifatida avtomobillar lizingiga bor e'tiborni qaratgan moliyaviy hamkor bilan birgalikda ishtirok etadi.

Foto: YouDrive

Mail.ru Group vakilining aytishicha, shirkat transport segmentida o‘z mavqeini mustahkamlash uchun turli xil variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

«Agar ijobiy qaror yuzaga kelsa, unda gap minoritar investitsiyalar haqida boradi, bu bizning «Sitimobil» taksi servisiga sarmoyalarimizga o‘xshash bo‘ladi», - deya tasdiqladi u.

«Sitimobil»da Mail.ru Group va unga aloqador bo‘lgan «Megafon»ga aksiyalarning 33 foizidan ko‘prog‘i tegishli, bu haqda 2018 yil dekabrida servis asoschisi Aram Arakelyan aytib o‘tgandi.

YouDrive 2,5 ming dona avtomobil bilan Rossiya karshering bozorida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik o‘yinchilar - «Yandeks.Drayv» (6 500 avtomobil), «Delimobil» (6 000) va BelkaSar (4 050). YouDrive aksiyalarining 60 foizi uning asoschilari Boris Golikov, Andrey Kuprikov va Aleksey Nurdinovga, 40 foizi - Moskvadagi Mercedes-Benz dileri «Panavto»ga tegishli.

Bundan oldin, Alisher Usmonov «Spartak» uchun 1 milliard yevro berishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid