Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda Navro‘z tantanalari vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Foto: AP
Afg‘oniston poytaxti Kobulda Navro‘z tantanalari vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda PressTv xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, 6 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan. Qurbonlar soni Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Kobul politsiyasi uchta portlovchi vosita masofadan turib harakatga keltirilganini ma'lum qildi. Yana bir bomba zararsizlantirilgan. Portlash Kobul universiteti yaqinida sodir etilgan. Politsiya bombalar boshqa yerlarda ham bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bu voqeaga o‘zining tvitterdagi sahifasida munosabat bildirdi: «Biz bir-birimizga yaqinlashtiradigan bayramni nishonlayotgan vaqtda chegara bilmaydigan qo‘rqoq dushman boshimizga yana bir qora kunni soldi. Biz tinch aholimiz vakillarini yo‘qotdik».
Oldinroq Ashraf G‘ani o‘z sahifasida Mozori Sharifdagilarni bayram bilan tabriklash uchun u yerga borganini yozgandi.
Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
09:20 / 23.02.2026