Afğoniston poytaxti Kobulda Navröz tantanalari vaqtida portlaş sodir böldi. Bu haqda PressTv xabar bermoqda. Manbada aytilişiça, 6 kişi halok bölgan va 23 kişi jarohatlangan. Qurbonlar soni Afğoniston içki işlar vazirligi va soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Kobul politsiyasi uçta portlovçi vosita masofadan turib harakatga keltirilganini ma'lum qildi. Yana bir bomba zararsizlantirilgan. Portlaş Kobul universiteti yaqinida sodir etilgan. Politsiya bombalar boşqa yerlarda ham bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.

Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bu voqeaga özining tvitterdagi sahifasida munosabat bildirdi: «Biz bir-birimizga yaqinlaştiradigan bayramni nişonlayotgan vaqtda çegara bilmaydigan qörqoq duşman boşimizga yana bir qora kunni soldi. Biz tinç aholimiz vakillarini yöqotdik».

Oldinroq Aşraf Ğani öz sahifasida Mozori Şarifdagilarni bayram bilan tabriklaş uçun u yerga borganini yozgandi.