Jahon | 12:04 / 22.03.2019
10231
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio aeroportida 2 ta yuk tashuvchi samolyot to‘qnashib ketdi

Yaponiyaning Air Japan aviakompaniyasining Boeing 767 yuk samolyoti Tokiodagi Narita xalqaro aeroportida FedEx xalqaro pochta xizmatining McDonnell Douglas MD-11 samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida hech kim jabrlanmagan, deb xabar berdi 22 mart kuni Kyodo axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala samolyot ham Shanxaydan kelgan va dum qismlari bilan to‘qnashib ketgan.

Boeing 767’ning dum qanoti, FedEx’ning dvigatellaridan biriga shikast yetgan.

Voqea oqibatida uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biri vaqtinchalik yopib qo‘yilgan.

Mavzuga oid