Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi teraktlar qurbonlari xotirasi yod etildi
Yangi Zelandiya aholisi bir hafta oldin – 15 mart kuni mamlakatdagi ikkita masjidda sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasini 2 daqiqalik sukut saqlash bilan yod etdi. Bu haqda 1 News telekanali ma'lum qildi.
Kraystcherch shahrining bir hafta oldin otishma sodir etilgan masjidi to‘g‘risidagi bog‘da minglab odam, jumladan musulmon jamoati yetakchilari, bosh vazir Jasinda Ardern va xorijiy davlatlardan 30 ga yaqin yuqori lavozimli rasmiy shaxslar yig‘ildi.
Umummilliy motam aksiyasi bosh vazir tomonidan fojiadan bir hafta o‘tishi munosabati bilan juma namoziga to‘g‘rilanib e'lon qilingan. Marosim soat 13.30da boshlangan.
“Men bilaman, ko‘pchilik yangi zelandiyaliklar terakt qurbonlari xotirasini yod etishni va musulmonlar masjidga qaytganlarida ularni qo‘llab-quvvatlashni istashmoqda”, deb aytgan Ardern.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda keyingi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan umummilliy dafn marosimiga tayyorlanmoqda. Hukumatning rejasiga ko‘ra, Kraystcherchda terakt qurbonlari xotirasiga nasroniy ibodat o‘tadi.
“Bu marosimda Yangi Zelandiyaning barcha aholisi ishtirok etishi mumkin. Umumiy aksiya sifatida, biz halok bo‘lganlarga hurmat bajo keltiramiz”, deb aytgan mamlakat bosh vaziri.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026