Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
British Airways’ning Dyusseldorfga uchgan samolyoti boshqa shaharga borib qoldi
British Airways aviakompaniyasining Londondan Germaniyaning Dyusseldorf shahriga uchgan samolyoti xatolik tufayli Shotlandiya poytaxti Edinburgda qo‘ngan. Bu haqda kompaniya vakillari xabar berishgan.
Yo‘lovchilar xatolikka yo‘l qo‘yilganini uchuvchi “Edinburgga xush kelibsiz” degandagina bilishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu xatolik parvoz hujjatlarining noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi sababli yuz bergan. Hujjatlarda yakuniy manzil sifatida shotland shahri ko‘rsatilgan. Uchuvchi bu qanday yuz bergani borasida umuman tushunchaga egamasligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, avval bunday hodisa yuz bermagan.
“Biz mijozlardan bunday qoidabuzarlik uchun uzr so‘raymiz va ularning har biri bilan shaxsan bog‘lanamiz”, deyilgan kompaniya bayonotida.
Samolyot yonilg‘i bilan to‘ldirilgach, Dyusseldorfga jo‘natilgan va u yerda "hech qanday sarguzashtlarsiz" qo‘na olgan.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
17:45 / 23.12.2025
Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi
09:35 / 21.11.2025
Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni kengaytiradi
19:55 / 14.11.2025