Light | 23:47 / 26.03.2019
21508
2 daqiqa o‘qiladi

Piyoz va sarimsoq ichak saratoni xavfini pasaytirishi ma'lum bo‘ldi

Foto: gazeta.a42.ru

Piyoz va sarimsoqni muntazam iste'mol qilish ichak saratoni xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. The Irish Times Irlandiya, Buyuk Britaniya va Xitoy onkologlari qatnashgan tadqiqotga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Turli yoshdagi 1,6 ming erkak va ayol ishtirokidagi kuzatuvlar har kuni 74 g piyoz iste'mol qilish ichakda saraton hujayralari rivojlanish ehtimolini 79 foizga kamaytirar ekan. Ko‘k piyoz va sarimsoq ham xuddi shunday antikanserogen xususiyatlarga ega. Ularning bari allitsin - hujayralarni erkin radikallardan xalos qilishga qodir biologik faol moddaga ega. Olimlar, shuningdek, ushbu sabzavotlarni termik qayta ishlash ularning terapevtik xususiyatlarini sezilarli darajada kamaytirishini aniqlashdi. 

Mahalliy onkologik jamiyat (ICS) ma'lumotlariga ko‘ra, ichak saratoni Irlandiyada teri saratonidan keyin turuvchi ikkinchi eng keng tarqalgan saraton kasalligi hisoblanadi. ICS tadqiqotchi guruhi rahbari Robert O'Konnorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallikning rivojlanish xavfi ko‘pincha noto‘g‘ri turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog‘liq, shu bois profilaktikaning asosiy usuli kletchatkaga boy ratsiondir. Uning ta'kidlashicha, mazkur tadqiqot natijalari azaldan o‘zining antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bilan mashhur piyoz va sarimsoqning antikanserogen xususiyatlarini yaqqol namoyish etadi. 

Mavzuga oid