Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘z doriga o‘xshaydi: ozaytirsang foyda beradi, ko‘paytirsang halok qiladi
So‘zning ham amal qilish muddati bo‘ladi. Yaroqsiz so‘z ta'sirsizdir. Bitta dardga bir necha xil dorilarni iste'mol qilishning oqibati ziyonni keltirib chiqaradi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Audio versiyasini tinglash
So‘zni o‘z o‘rnida va yetarli ishlatmoq lozim. So‘zni ishlatishdan avval uning yo‘riqnomasiga bir marta ko‘z yugurtirib olish darkor. Muhimi, so‘z kim tomonidan aytilishidir. So‘zni aytib, darhol natija kutish to‘g‘ri emas. Natija Ollohdandir. So‘zni uqqanga gapirish lozim. Boshingiz tars yorilay desa ham, bir dona, nari borsa, ikkita dorini iste'mol qilasiz. So‘zni ham o‘z egasiga isrof qilmasdan ishlatish kerak bo‘ladi.
So‘z inson qalbining oynasidir. Oynadan yaxshi narsalar ko‘rinishini istagan inson, avvalo, oynani toza tutmog‘i lozim. Ehtiyot bo‘ling, siz arzimagan deb bilgan bu oynaning zarrasi ham insonga og‘riqli jarohat yetkazishi mumkin.
So‘zni doriga o‘xshatdik. Soxta dori ijobiy natija bermasligidan tashqari xavfli hamdir.
Zahiriddin Mansur