Texnologiya | 10:28 / 27.03.2019
18494
2 daqiqa o‘qiladi

Huawei o‘zining birinchi aqlli ko‘zoynaklarini chiqaradi

Foto: TechCrunch

Huawei Koreyaning Gentle Monster taniqli brendi bilan hamkorlikda o‘zining birinchi aqlli ko‘zoynagini chiqarish rejalari to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.

Ko‘zoynaklar smart-ko‘zoynaklar deb ataluvchi narsadan ko‘ra, oddiy dizaynerlik ko‘zoynaklariga o‘xshash. Ular o‘zining oddiy funksiyalaridan tashqari, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth-garnitura vazifasini ham bajarishi mumkin.

Foto: POCKET-LINT
Foto: POCKET-LINT

Qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun shunchaki yon tomonga tegish kifoya qiladi, hech qanday tugma yo‘q. NFC texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Gardishga dinamiklar, mikrofon, antenna va akkumulyator joylashtiriladi. Kamera esa yo‘q, bu kompaniyaning maxfiylik bo‘yicha bahslardan qochish istagiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: TechCrunch

Huawei 2019 yil iyul oyida ko‘zoynaklar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularning narxiga hozircha aniqlik kiritilmadi.

Bundan oldin, Huawei flagman smartfonlarini taqdim etgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid