Jamiyat | 15:15 / 27.03.2019
8255
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Qishloq qurilish bank” aholi va tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazmoqda

Foto: Qishloq qurilish bank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 22 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Aholi va tadbirkorlarning bank xizmatlari haqidagi moliyaviy savodxonligini oshirish ana shunday muhim vazifalar sirasiga kiradi.

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan mazkur vazifalar ijrosi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, uning izchil ijrosi ta'minlanmoqda. Xususan, respublika xududlarida bank filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar o‘tkazilmoqda.

2019 yilning fevral-mart oylari davomida Toshkent viloyatining Bekobod shahrida, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida, Jizzax va Buxoro shaharlarida shunday tadbirlar tashkil qilindi. Ularda 1100 dan ortiq fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning dastlabki samaralari haqida axborot berildi. Shuningdek, bu islohotlarga jamoatchilikning munosabati va fikrlari o‘rganildi.

Muloqotlarda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar va kelgusida tatbiq qilinishi rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalar haqida ma'lumot taqdim qilindi. Shuningdek, xorijiy moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan investitsiyaviy loyihalar uchun bank tomonidan taqdim qilinayotgan kredit liniyalari va ularning shartlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirlarda fuqarolar va tadbirkorlar respublika bank tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan mamnunligini ta'kidlab, xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

“Qishloq qurilish bank” tomonidan taklif qilinayotgan masofaviy xizmatlar, xususan, “QQB-mobile”, “Depozit banking” mobil ilovalari xizmatlari, jozibali va daromadli omonat turlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu turkumdagi tadbirlarni respublikaning boshqa xududlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Veb-sayt:www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid