Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MDHning yana bir bitimiga qo‘shiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonuni 23-moddasiga muvofiq:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimga (2007 yil 25 may, Yalta);
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida 2007 yil 25 may kuni Yalta shahrida imzolangan Bitimiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (2012 yil 30 may, Ashxobod) qo‘shilish ma'qullanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi hamda uni amalga oshirishda javobgar bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan boshlab O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025