Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunga tuzatishlar kiritildi
Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (20.03.2019 yildagi O‘RQ–531-son Qonun), deb yozmoqda Norma.
Soliq kodeksining 96-moddasiga kiritilgan avvalgi tuzatishlar natijasida ikkita holatda soliq to‘lovchining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish ham sud tartibida, ham soliq organlarining qarorlari asosida amalga oshirilishi mumkin edi.
Bunda quyidagi asoslar haqida so‘z bormoqda:
• soliq to‘lovchining qayd etilgan manzilda bo‘lmasligi;
• soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmasligi.
Bunday vaziyatlarda soliqchilar qachon sudga murojaat qilishlari, qachon suddan tashqari tartibda o‘zlari qaror qabul qilishlari haqida aniq tasavvur yo‘q edi. Mohiyatan olganda, bu soliq organlarining o‘z ixtiyoriga bog‘liq edi.
Vaziyat o‘zgardi, navbatdagi o‘zgartirishlar oydinlik kiritdi. Soliq organlarining sudga murojaat qilish yoxud suddan tashqari tartibda to‘xtatib turish asoslari qat'iy cheklandi.
Qonun 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
15:27 / 20.09.2024
Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
13:34 / 27.08.2024
Parlamentda raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
16:02 / 17.08.2024
O‘zbekiston bolalari taqdirida muhim qonun: bolani urish, tahqirlash, tilanchilikka jalb etish jazolanishga sabab bo‘ladi
20:44 / 16.08.2024