Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi: bir chorakda 130 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzildi
Bugun, 28 mart kuni «Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘chmas mulk obektlari ijara shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga olish tartibi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ahmadjon Suyunovning ma'lum qilishicha, 315,4 ming nafar jismoniy shaxs deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadga ega. Ularning 223,4 ming nafari mol-mulkini ijaraga berganlar, 77,1 ming nafari o‘rindoshlik asosida ishlovchilardir. Bularning hammasi 1 aprel sanasiga qadar deklaratsiya topshirishlari lozim va 272,6 ming nafar jismoniy shaxs (86,4 foiz) o‘z vaqtida yillik deklaratsiyani topshirgan. O‘z vaqtida deklaratsiya topshirmaganlarga nisbatan EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha jarima qo‘llanadi.
2018 yil davomida umumiy hisobda 113 mingdan ortiq ijara shartnomalari imzolangan bo‘lsa, 2019 yilning bir choragidayoq bu ko‘rsatkich 130 mingdan ortib ketgan. Shulardan 52 ming nafari jismoniy shaxslar bo‘lib, undan 22 ming nafardan ko‘prog‘i, ya'ni 40 foizdan ortig‘i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:03 / 27.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:35 / 07.01.2026
Tadbirkorlarga soliq hisobotini vaqtida topshirmaganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
08:27 / 03.01.2026
Xitoyda oila siyosatida o‘zgarish: ayrim mahsulotlar uchun soliq qayta tiklandi
18:12 / 01.01.2026