Jahon | 14:11 / 30.03.2019
8524
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Nur-Sultonda bo‘lib o‘tadigan YeOII sammiti mehmoni bo‘ladi 

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

29 may kuni Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan YeOII yubiley sammitida Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Twitter’da xabar bergan.

«25 yil muqaddam Moskva davlat universitetida Qozog‘iston birinchi prezidenti Yevrosiyo integratsiyasi haqida o‘z fikrini bayon qilib, ushbu konsepsiyaning muallifi bo‘lgandi. U amalga oshirildi. 29 may kuni Nur-Sultonda YeOII yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda N.Nazarboyev faxriy mehmon sifatida qatnashadi», - deya yozgan Toqayev.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi - 2014 yilning 29 may kuni tashkil etilgan ittifoq. Ushbu ittifoqqa Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston davlatlari kiradi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zo davlatlarning bir-biri bilan xalqaro va o‘zaro birlikni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.

Bundan oldin, Oqo‘rda Qozog‘iston prezidenti oilasidan ajrashgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid