Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kemalari Yaponiyaning «bahsli suvlariga» kirdi
Xitoy dengiz politsiyasining to‘rtta patrul kemasi Sharqiy Xitoy dengizi Senkaku (Dyaoyuydao) orollari yaqinidagi hududga kirdi. Yaponiya hukumati bu yerni o‘z hududiy suvlari deb hisoblaydi, deya xabar qilmoqda TASS yapon OAVga tayangan holda.
Ta'kidlanishicha, Yaponiyaning sohilni qo‘riqlash xizmati kemalari ekipaji ovoz kuchaytirgichlar orqali Xitoy qo‘riqchi kemalariga «yapon hududiy suvlari»ni tark etish talabi bilan murojaat qilgan.
Avvalroq, Yaponiya shu yilning fevral oyida Xitoy o‘z hududiy suvlariga kirgani haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, gap Senkaku orollari yaqinida Xitoy kemalarining mavjudligi haqida ham borgan.
Bundan oldin, AQShning Yaponiyadagi harbiy bazasida qo‘poruvchilik sodir etilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026