Yaponiyaning Okinava orolida AQŞ dengiz piyoda qöşinlarining Kemp-Dzukeran bazasida qöporuvçilik sodir etildi. Bu haqda AQŞ harbiy politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, noma'lum kimsalar baza devorining bir qismiga şikast yetkazib, uning hududida bostirib kirişgan. Şundan keyin ular baza hududida qöllanuvçi gaz ballonini portlatişgan. Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Kemp-Dzukeran bazasida AQŞ dengiz piyoda qöşinlarining Okinavadagi guruhi ştabi joylaşgan. Umuman olganda bu orolda hudud böyiça AQŞning Yaponiyadagi harbiy obektlarining 70 foizi mujassamlaşgan, vaholanki orol Yaponiya hududining 1 foizinigina taşkil qiladi. Bu obektlar orasida AQŞ harbiy-havo kuçlarining xorijdagi eng katta bazasi – Kadena ham bor.