Sport | 20:13 / 31.03.2019
6853
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» autsayderga qarshi qiyin kechgan o‘yinda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

Angliya chempionatining 32-turida «Kardiff Siti» «Chelsi»ni qabul qilib, o‘yin oxirida o‘tkazilgan gollar tufayli 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Viktor Kamarasa maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida londonliklar klubi himoyachisi Sesar Aspilikueta boshqa bir himoyachi Markos Alonsoning pasidan keyin hisobni tenglashtirdi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Villianning pasini golga aylantirgan Ruben Loftus-Chik «aristokratlar»ga g‘alaba keltirdi.

Endilikda «Chelsi» ochkolari sonini 60taga yetkazgan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda qolmoqda, «Kardiff Siti» 28 ochko bilan 18-o‘rinda joylashgan.

«Chelsi» keyingi o‘yinni 3 aprel kuni o‘z maydonida «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi.

Angliya chempionati
32-tur
Kardiff – Chelsi 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 46 Kamarasa, 1:1 – 84 Aspilikueta, 1:2 – 90 Loftus-Chik.
Kardiff – Eteridj, Pelter, Bennett, Morrison, Manga, Merfi (Mendes-Leyng, 90), Arter (Rolls, 80), Kamarasa, Gunnarsson, Xoylett, Nyasse (Zoxore, 85).
Chelsi – Arrisabalaga, Alonso, Ryudiger, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Kovachich, Villian, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Pedro (Azar, 53), Iguain (Jiru, 77).
Ogohlantirishlar: Jorjino (26), Arter (54), Aspilikueta (61), Gunnarsson (86), Ryudiger (87).

Mavzuga oid