Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yashovchi ayolni oshxonasida o‘ldirib ketgan shaxs qidirilmoqda
2019 yil 30 mart kuni soat 14.00da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, shu kuni taxminan soat 13:55da Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
20:52 / 28.01.2026
“U yaxshi niyatining qurboni bo‘ldi” - Durdona Hakimova fojiasi haqida
13:25 / 25.01.2026