Iqtisodiyot | 10:09 / 01.04.2019
17085
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda investorlar O‘zbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketdi

Foto: Wall Street Journal

2018 yilda O‘zbekistondan investitsiyalar repatriatsiyasi hajmi 1,194 mlrd dollarni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 779,8 mln dollarga teng bo‘lgandi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar qilmoqda.

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida xorijiy investorlarga to‘lovlar 1,03 mlrd dollarni tashkil qildi. 2017 yilda bu raqam 524,4 mln dollar teng edi.

2018 yilda bosh kompaniyalardan olingan qarzlarning so‘ndirilishiga 166 mln dollar yo‘naltirildi, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 255,4 mln dollar bo‘lgan.

Bundan oldin, O‘zbekistonning tashqi qarzi 17,3 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid